O‘zbekiston va Germaniya 4 milliard dollarlik kelishuv imzoladi

O‘zbekiston va Germaniya qiymati 4 milliard dollardan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Kelishuv 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi doirasida imzolandi, deb yozadi O‘zA.

Kelishuv neft-gaz, neft-kimyo, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona qurilishi, investitsion-texnologik, bank-moliya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, biznes doiralar vakillari uchun qulay muloqot maydoniga aylangan anjumanda Germaniyaning Deutsche Bank, Commerzbank, Landesbank, KfW, AKA Bank kabi banklari bilan O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida mamlakatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida, shuningdek, YeTTB bilan umumiy qiymati 516 million dollarlik kelishuv imzolandi. U Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasi va energetikada yangi loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

 

4 Comments

  • Mr WordPress 7 лет ago

    Hi, this is a comment.
    To delete a comment, just log in and view the post's comments. There you will have the option to edit or delete them.

    Reply
    • John Doe 7 лет ago

      Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat.

      Reply
      • Louie Doe 7 лет ago

        Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto beatae vitae dicta sunt explicabo.

        Reply
  • John Doe 7 лет ago

    Nemo enim ipsam voluptatem quia voluptas sit aspernatur aut odit aut fugit, sed quia consequuntur magni dolores eos qui ratione voluptatem sequi nesciunt. Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo.

    Neque porro quisquam est, qui dolorem ipsum quia dolor sit amet, consectetur, adipisci velit, sed quia non numquam eius modi tempora incidunt ut labore et dolore.

    Reply

Leave a Comment